Result – o’quv markazi

Aloqa uchun

har kuni 8:00 dan 22:00 gacha

+998 (78) 113-32-32

Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
2Qavat

Tavsif

Natijami? Unda RESULT!

Result School o’quv markazini o’zingiz uchun kashf qiling.  

Standart va tezlashtirilgan “General English”, “Pre-IELTS”, “IELTS” va “CEFR” kurslari mavjud. Darslar hafta davomida kamida uch martta, ikki akademik soatdan davom etadi. Bizning professional ikkinchi ustozlarimiz, asosiy darslaringizdan tashqari, qo’shimcha yakka tartibdagi darslarni ham taklif qiladi. Yakshanba kunlarida ham, qiziqarli, bilimga boy va eng asosiysi ingliz tili atmosferasidagi turli hil tadbirlarni taqdim etadi.General English

General English 

General English kursi kundalik muloqotda ingliz tilini umumiy darajada yaxshilashga qaratilgan. U grammatika o’rganish, so’z boyligini kengaytirish, o’qish va yozishni mashq qilish, shuningdek, gapirish ko’nikmalarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Kurs turli hayotiy vaziyatlarda tilni ishonch bilan qo’llashga yordam beradi. 

IELTS

IELTS (International English Language Testing System) – bu xalqaro imtihon bo’lib, ingliz tili darajasini chet elda o’qish yoki ishlash uchun baholaydi. Imtihon tinglash, o’qish, yozish va gapirishdan iborat to’rtta qismni o’z ichiga oladi. Imtihonning ikki turi mavjud: universitetga kirish uchun Academic va ishlash va emigratsiya uchun General Training. IELTS imtihoni CEFR tizimida B1 dan C1 darajasigacha baholanadi. Imtihon natijalari butun dunyo bo’ylab universitetlar va ish beruvchilar tomonidan tan olinadi.

General Kids

General Kids – bu bolalar uchun ingliz tili kursi bo’lib, til ko’nikmalarini qiziqarli va interaktiv shaklda rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan. Dastur grammatika o’rganish, so’z boyligini kengaytirish, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini kichik yoshdagi o’quvchilar uchun moslashtirilgan shaklda o’z ichiga oladi. Kursning maqsadi – ingliz tilini o’rganishni bolalar uchun qiziqarli va qulay qilish, ularga tilni kundalik hayotda ishonch bilan ishlatishga yordam berish. Bu kurs A1 va A2 darajalari bilan mos keladi.

CEFR 

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) – Yevropa Kengashining tillarni o’rgatish va baholash bo’yicha umumiy daraja tizimi asosida tuzilgan. Bu tizim o’quvchilarning til ko’nikmalarini A1’dan (boshlang’ich) C2’dan (mukammal daraja) gacha bo’lgan bosqichlar bo’yicha baholaydi. Har bir daraja tilning kundalik hayotdagi foydalanishiga qaratilgan.

Daraja davomiyliklari:

A1 (Beginner) – 3 oy

A2 (Elementary) – 3 oy

B1 (Intermediate) – 3 oy

B2 (Upper-Intermediate) – 3 oy

Pre-IELTS (Imtihonga tayyorgarlik) – 3 oy

IELTS (Imtihon) – 3 oy